18 Iyun 2022 yil 279

Surxondaryoda Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlariga imtiyozli tavsiyanoma va taqdimnomalar topshirildi

Bugungi kunda Muxtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlaktimizda ichki ishlari organlari tizimini tubdan takomillashtirish borasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda shu bilan bir qatorda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 fevral kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4212-sonli Qarori qabul qilingan edi.
Ushbu qarorga asosan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 maydagi “Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berish tartibi to‘g‘risida”gi 375-son Qarori talablari asosida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlirida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga tavsiyanoma va taqdimnomalarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir Surxondaryo viloyati IIBda bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan tantanali tadbirda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov ishtirok etib, yoshlarga kelgusi mustaqil hayotida muhim o‘rin tutadigan o‘git va maslahatlarini berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan 81 nafar ichki ishlar organlari xodimlarining 90 nafar farzandlariga 3 yil davomida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtiyozini beruvchi “Tavsiyanoma” hamda “Taqdimnoma”larni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tantanali ravishda topshirdi va yoshlarga kelgusi o‘qishlariga omadlar tiladi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech