21 May 2022 yil 247

Surxondaryoda, Ichki ishlar vazirligi tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirining 2022 yil 17 mart kunidagi tegishli buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi tizimidagi markaziy tibbiy muassasalar xodimlari ishtirokida biriktirilgan tarkibga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, davolash va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish, shaxsiy tarkib orasida o‘tkazilayotgan profilaktik tibbiy ko‘rik samaradorligini oshirish, kasalliklarni yashirin davrlarda erta aniqlash va davolashni tezkor tashkil etish maqsadida 3 kun davomida O‘zbekiston Respublikasi IIV Markaziy Gospitali, “O‘zbekiston“ sanatoriyasi, IIV Markaziy poliklinikasi va Tibbiyot boshqarmasi gospitalining malakali mutaxassis shifokorlari ishtirokida, Surxondaryo viloyati IIB DPM (davolash-profilaktika muassasalari) Tibbiyot bo‘limiga biriktirilgan shaxsiy tarkibi, pensionerlari, 4-Mintaqaviy hudud 9-son Tergov hibsxonasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV XAXT qo‘shinlari «Termiz» Xalqaro aeroportida xavfsizlikni ta’minlash alohida bataloni, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi va ularning oila a’zolari shuningdek, uylarida yotib qolgan ichki ishlar organlari faxriylari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Viloyat IIB DPM Tibbiyot bo‘limiga biriktirilganlar orasida Termiz shahri, Termiz va Muzrobot tumanlarida yashovchi urush orti qatnashchisi, nogiron va xizmat chog‘ida olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan jami 8 nafar faxriylar, pensionerlar va ularning oila a’zolari IIV Tibbiyot boshqarmasi va uning tizimidagi davolash profilaktika muassasasi malakali tor mutaxassis-shifokorlari tomonidan uyiga borib ko‘rildi.
Yashash xonadonlarga borib ko‘rilgan jami 8 nafar bemorning 5 nafariga ambulator sharoitida davolanish, 3 nafariga statsionar sharoitda davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida jami 592 nafar bemor ko‘rilib, 34 nafar bemorga statsionar davo muolajalari, 121 nafar bemorga ambulator sharoitda davo muolajalarini olishlari tavsiya qilindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech