22 Sentyabr 2022 yil 236

Surxondaryoda “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimlarga tegishli yo‘riqnomalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash hamda ichki ishlar organlari tizimida o‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan fuqarolar bilan bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘ladigan shuningdek, maxsus vositalar bilan xizmat olib boradigan xodimlarning xizmat faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mutaxassis psixologlar tomonidan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Patrul-post xizmati bataloni xodimlari bilan psixoprofilaktik suhbat o‘tkazilib, ularga kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bunda xodimlar xizmat olib borish jarayonida fuqarolar bilan hushmuomalada bo‘lishlari, og‘ir vaziyatlarda stress holatlariga berilmaslik, maxsus vositalardan foydalanish vaziyati vujudga kelgan vaqtida vizirlikning tegishli me’yoriy buyruq talablari doirasida foydalanishlari tushuntirildi.

Text to speech