25 May 2023 yil 240

Surxondaryoda “Ma’naviyat oyligi” doirasida xodimlardan psixologik testlar olinmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyruq talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning psixologik portretlari yaratilmoqda. 

Shuningdek, ular bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilib, kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda. Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech