28 Sentyabr 2022 yil 239

Surxondaryoda tergovchi va surishtiruvchi xodimlar kiberxavfsizlik sohasidagi o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etishmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamentining tegishli ko‘rsatmasiga asosan, joriy yilning 27-sentabr kunidan boshlab Termiz shahrida joylashgan “IT Park” markazida tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari bilan kiberxavfsizlik sohasidagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi boshlandi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari 3 oy davom etib, unda xodimlarga hozirgi kunda sodir bo‘layotgan kiberjinoyatlarning kelib chiqish sabab va omillari, sharoitlari hamda ularning oldini olish bo‘yicha bilimlar beriladi. O‘quv mashg‘ulotlari yakuniga ko‘ra tergovchi va surishtiruvchilarga o‘quv kursini tamomlaganligini to‘g‘risidagi tegishli sertifikatlar beriladi.

Text to speech