4 Noyabr 2022 yil 476

Surxondaryoda o‘tkazilgan seminar treningda fuqarolarning murojaatlarini sifatli o‘rganishga qaratildi

Surxondaryo viloyati IIBning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida 2022 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini  ko‘rib chiqish sohasida amalga oshirilgan ijobiy ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida, joriy yilning 4 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamenti Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi bosh inspektori A.Eraliev ishtirokida seminar trening o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan seminar treningda Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri  A.X.Eshmurodov, “Biznes Ombudsman” mas’ul xodimlari Sh.Yaxshiqulov, A.Baxromov hamda Surxondaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Murojaatlar bilan ishlash guruhi va sohaviy xizmatlardagi murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlari qatnashdi.

Seminar treningda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi hamda Xalq qabulxonalari, O‘zbekiston Respublikasi IIV, Bosh prokuratura, “Biznes Ombudsman” va boshqa bir qator davlat idoralarining ishonch telefonlari orqali  kelib tushgan murojaatlar va ularni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash, takroriy murojaatlarning kelib tushishining oldini olish hamda elektron tizimdagi qo‘shimcha imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamenti Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi bosh inspektori A.Eraliev tomonidan tizimning mavjud imkoniyatlaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish hamda hozirgi kunda tizimda aniqlanayotgan muammolarni hal qilish yuzasidan tegishli yo‘riqnomalar berildi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi va “Biznes Ombudsman” mas’ul xodimlari bilan tajriba almashinib, doimiy ravishda hamkorlikda faoliyat olib borishlarini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud muammolarni birgalikda hal qilish yuzasidan fikrlar almashildi.

Text to speech