5 Iyun 2023 yil 268

Surxondaryolik bolalar uchun sayohat tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil oktabr oyida qabul qilingan “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 aprel kunidagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-sonli qarorida, 2022 yil 1 iyundan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning may oyida viloyat IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlar agentligi Inklyuziv ta’lim markazi nogironligi bo‘lgan yoshlari bilan Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida mavjud diqqatga sazovor tarixiy obidalar va ziyoratgohlariga sayohat uyushtirildi.

Ushbu sayohat davomida bolalar tarixiy qadamjolar haqida ma’lumot olish bilan birga madaniy hordiq ham olishib bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.

Text to speech