2 Fevral 2023 yil 349

“Surxon KSP-Grand” MChJ yiliga 30 ming kub metr laminatsiyalangan DSP ishlab chiqaradi

“Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi negizida tashkil etilgan “Surxon KSP-Grand” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qamish qirindisidan tayyor qurilishbop, arzon, sifatli va namgarchilikka chidamli DSP mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Korxonada 250 nafar kishi doimiy, 2 ming nafar kishi mavsumiy ish bilan ta’minlangan bo‘lib, yiliga 30 ming kub metr qamish zarrachali va laminatsiya qilingan plitalar ishlab chiqariladi. Viloyat rahbari bugun Muzrabot tumaniga tashrifi avvalida korxona faoliyati bilan tanishib, ishchi-xodimlar bilan uchrashdi.

Shuningdek, mutasaddilar korxonaning ishlab chiqarish binosida asosiy xom ashyo hisoblangan qamish o‘rim mavsumidagi eng yaxshi o‘rimchi, bog‘lovchi, tashuvchi, taxlovchi va traktorchilarni rag‘batlantirish tadbirida ham ishtirok etishdi. Korxona xodimlari uchun tashkil etilgan tadbir to‘kin dasturxon atrofida, vohaning suyukli san’atkorlari ishtirokida bayramona ruhda o‘tdi.

Text to speech