31 Mart 2021 yil 597

Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasida ko'rik-tanlov g'oliblari taqdirlandi

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamentining ko'rsatmasi ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning mart oyida Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi va uning quyi tergov bo'linmalari xodimlari o'rtasida "namunali tergovchi", "namunali surishtiruvchi" hamda "namunali ayol xodima" nominasiyalari bo'yicha ko'rik-tanlovning viloyat bosqichi o'tkazilib, unda tergovchi va surishtiruvchilar orasidan jismoniy tayyorgarlik, o'q otish mashg'ulotlari va og'zaki savol-javob bahslari yo'nalishlarida g'oliblar aniqlandi.
Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilov tadbirda ishtirok etib, ichki ishlar organi xodimlariga hukumatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan e'tirof va e'tiborlari haqida so'z yuritib, soha xodimlarining kelgusi ish faoliyatlariga omadlar tilab, tanlov g'oliblarini taqdirlash maqsadida, so'z navbatini viloyat IIB boshlig'ining o'rinbosari, tergov boshqarmasi boshlig'i polkovnik K.I.Gaffarovga so'z navbatini berdi.
Boshqarma boshlig'i o'rinbosari tomonidan 3 yo'nalish bo'yicha nominasiya g'oliblari o'qib eshittirildi. Mazkur o'tkazilgan ko'rik tanlov yakuniga ko'ra, "namunali tergovchi" nominasiyasi bo'yicha;
- Termiz shahar bo'yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tergovchisi leytenant Qurbonov Javohir Odil o'g'li birinchi o'rinni;
- Termiz shahar bo'yicha IIO FMB 1-son IIB huzuridagi tergov guruhi katta tergovchisi leytenant Bozorov Sardor Shavkat o'g'li ikkinchi o'rinni;
"Namunali surishtiruvchi" nominasiyasi bo'yicha
- Sherobod tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi surishtiruv guruhi katta surishtiruvchisi leytenant Toshbadalov Jo'rabek Muxtor o'g'li birinchi o'rinni;
- Termiz shahar bo'yicha IIO FMB 2-son IIB huzuridagi tergov guruhi surishtiruvchisi leytenant Jumaniyozov Sardorbek Abdunabi o'g'li ikkinchi o'rinni;
"Namunali ayol xodima" nominasiyasi bo'yicha;
- Termiz shahar bo'yicha IIO FMB 1-son IIB huzuridagi tergov guruhi surishtiruvchisi katta leytenant Sa'dulloeva Mashhura Ravshonovna birinchi o'rinni egallashdi.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i tomonidan tanlov g'oliblariga, ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining "faxriy yorlig'i" hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirilib, g'oliblikni qo'lga kiritganlarga Respublika bosqichida ishtiroki uchun omadlar tiladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech