25 May 2023 yil 201

Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hududda "Yangi O‘zbekiston – yangi ichki ishlar organlari" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

So‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan yosh avlodni tarbiyalashda “ustoz-shogird” an’anasiga amal qilish, ustozlarni ulug‘lash, ularning orttirgan tajribalaridan unumli foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, jorif yilning 24 may kuni Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud tarkibiga kiruvchi tuman IIB xodimlari ishtirokida "Yangi O‘zbekiston – yangi ichki ishlar organlari" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashi a’zolari viloyat Ichki ishlar boshqarmasida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan faxriy ustozlar iste’fodagi podpolkovniklar  Yu.Ishmanov, I.Ismoilov, N.Xaydarov hamda iste’fodagi mayor B.Erdanovlar hamda yosh xodimlar ularning murabbiylari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda so‘z olgan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari hamda faxriylar kengashi a’zolari yosh avlodga o‘zining xizmat faoliyati davomida ko‘rgan kechirganlari haqida so‘zlab berib, bugungi kunda Ichki ishlar organlari xodimlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanish kerakligi, shuningdek faxriylar yosh xodimlar uchun doimiy ravishda mas’ul ekanliklari ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir so‘ngida Ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar samarali xizmat qilgan  faxriylar hamda hamkasblari orasida ijobiy natijalarga erishib alohida namuna ko‘rsatib kelayotgan yosh xodimlarga boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan badiiy kitoblar topshirildi.

Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, xodimlar e’tiboriga ikkinchi jahon urushi davridagi qiyinchiliklarni aks ettirgan rejissyor Zulfiqor Musoqovning “Vatan” nomli kinofilmi namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida iste’dodli yosh xodimlar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi she’r hamda kuy qo‘shiqlar ijro etildi. Bu kabi tadbirla butun viloyat miqyosida o‘tkazilmoqda.

Text to speech