5 Avgust 2021 yil 444

Surxondaryoda, ichki ishlar vaziri o'rinbosari huzurida sohaga doir yig'ilish bo'lib o'tdi

Joriy yilning 5 avgust kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida "Prezident saylovi jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish hamda viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot texnologiyalari sohasini joriy etish" masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik N.S.Turaxodjaev, Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilov hamda boshqarma boshlig'ining o'rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.
Yig'lish karantin talablariga qat'iy rioya qilingan holda o'tkazildi.
Yig'ilishni boshqarma boshlig'i ochib berib, kun tartibiga qo'yilgan masalalar bilan tanishtirdi.
Shundan so'ng, ichki ishlar vaziri o'rinbosari tomonidan Respublika miqyosida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida to'xtalib, har bir sohaga axborot texnologiyalarini joriy etilishida, ayniqsa huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, barvaqt aniqlash, ularni jilovlash borasida zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati va samarasi ta'kidlanib, bu borada ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmat rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari podpolkovnik I.N.Tursunov hamda sohaviy xizmat rahbarlarining sohada uchrayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha fikr mulohazalari, takliflari tinglandi.
Yig'ilish so'ngida, ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik Najmiddin Turaxodjaev soha xodimlariga berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarishga, fuqarolar xavfsizligi hamda jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda tamomila yangicha tizim asosida ish tashkil etish bo'yicha o'z tavsiyalarini berib o'tdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech