24 Sentyabr 2022 yil 218

Surxondaryoda “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida IIV faxriysi, iste’fodagi general-mayor T.S.Murodxodjaev ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

Halollik kishini ulug‘laydi. Ushbu iborani hayoti mazmuni, har ishning debochasiga aylantirgan IIV faxriysi, qator yillar tizimdagi mas’uliyatli lavozimlarda xizmat qilgan iste’fodagi general-mayor Telman Murodxodjaev, IIV tomonidan 10 sentabrdan 10 oktabrgacha e’lon qilingan “Kasbiy tayyorgarlik” oyligi munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi”ga taklif etildi.

Dastavval faxriy mehmon Surxondaryo viloyatidagi IIO larida xizmat qilayotgan xodimlar, faxriylar va IIV Surxondaryo akademiy litseyi  o‘quvchilari bilan uchrashish uchun Termizga yetib keldi. Faoliyati davomida 15 yildan oldinroq jazoni ijro etish xizmatida ishlagan general-mayor birinchi bo‘lib, IIV Surxondaryo akademiy litseyida kutib olindi. Bu yerda general mayor yurtimiz va xalqaro miqyosidagi olimpiadalarda shuningdek, xalqaro sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan yoshlar bilan uchrashib, ularning erishgan yutuqlaridan mamnun bo‘ldi. Yoshlarga yuzlanib, yoshlik g‘animat davr ekanini, bunda tinimsiz mehnat qilish, o‘qib-izlanish lozimligini ta’kidladi.

Telman Murodxodjaev dars mashg‘ulotlarida ham ishtirok etib, o‘quvchilarga kerakli tavsiyalarini berib o‘tdi.

Shundan so‘ng mehmon shahardagi 9 son tergov hibsxonasiga tashrif buyurib, mahbuslar va ichki ishlar organlari xodimlari bilan uchrashib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 Termizdagi muhtasham San’at saroyi bugun IIO xodimlarini o‘z bag‘riga oldi. Sohaning chin ma’nodagi enseklopediyasi bo‘lgan general mayor bilan uchrashgan xodimlarning quvonchi, his hayajonining cheki yo‘q.

Uchrashuvni viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov ochib, ustoz Telman Murodxodjaevning bosib o‘tgan sharafli yo‘li haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng xodimlar general mayorning faoliyatiga bag‘ishlangan “Osoyishtalik ortidagi tikanli yo‘l” nomli filmni maroq bilan tomosha qilishdi. Tadbirning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, unda faxriy ustoz IIV akademiyasini o‘tgan yilda bitirib 1 yillik xizmat faoliyatiga ega yosh xodimlar bilan erishilgan natijalar, bildirilgan ishonch va kelgusi faoliyatga oid alohida tavsiyalarini aytib, bu boradagi savollarga javob berib o‘tdi. “Halol va adolatli bo‘lish, muvoffaqiyat kaliti. Tizimni obro‘sizlantiradigan har qanday ishdan yiroq bo‘lmas ekansiz, maqsadingizga erisha olmaysiz!”- deya, ko‘pdan ko‘p o‘gitlarini bergan ustoz, tinglovchilarning Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishdek oliy maqsadlariga yana bir karra qanot bo‘ldi,- deyish mumkin.

Uchrashuv so‘ngida xizmat va o‘qish mobaynida yuqori natijalarga erishganlar iste’fodagi general-mayor T.Murodxodjaev qo‘lidan faxriy yorliq va estalik sovg‘alarni qabul qilishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech