22 Oktyabr 2021 yil 311

Surxondaryoda Probatsiya bo'limi xodimlari uchun yangi bino foydalanishga topshirildi

Ichki ishlar organlari tizimida xodimlar faoliyat olib borishi uchun qulay va keng imkoniyatlarga ega zamonaviy yangi binolar qurib foydalanishga topshirilmoqda.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya xizmati xodimlari uchun barpo etilgan yangi bino ham bunga yaqqol dalildir. Ular faoliyat olib borishlari uchun yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi.
Termiz shahrida qurilgan yangi binoning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi T.A.Bobolov, ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, polkovnik A.S.Ismoilov, huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, ichki ishlar organlari xodimlari, shahar hokimi, faxriy mehmonlar hamda keng jamaotchilik vakillari ishtirok eshtirok etdi.
Tadbirda ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlashga xizmat qilayotgani, sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli ekani qayd etildi.
Tantanali tadbir ishtirokchilari yangi binoda yaratilgan qulaylik va sharoitlar bilan tanishdi.
Mazkur binoda viloyat IIB Probatsiyasi xizmati va Probatsiyaning Termiz shahar bo'limi faoliyat yuritadi. Xonalar zamonaviy jihozlar, kompyuter jamlanmalari, Internet tizimi, kuzatuv kameralari bilan taminlangan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech