19 Oktyabr 2021 yil 334

Surxondaryoda, profilaktika inspektorlari ishtirokida yangi qonun loyihasi muhokama qilindi

2021 yil 18 oktabr kuni Surxondaryo viloyati IIBda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Faxriddin Samatov ishtirokida, "O'zbekiston Respublikasining huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi yangi qonun loyixasini muhokama qilish shuningdek, IIBning quyi tizimida mahallalarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari o'rtasida yangi qonun loyihasini muhokama qilish, xodimlar o'z taklif va mulohazalar bildirishi yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tashkil etilgan uchrashuvda Surxondaryo viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda barcha shahar-tumanlarda xizmat olib borayotgan prfilaktika inspektorlari shuningdek, Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash, yoshlar agentligi, halq ta'limi va boshqa mutassaddi tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuvda qatnashganlar o'rtasida "O'zbekiston Respublikasining huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi yangi qonun profilaktika inspektorlari va boshqa hamkor tashkilot xodimlari o'rtasida muhokama etilib, ular tomonidan fikr mulohazalar bildirilib, amaliyotga bog'lagan holda qonun loyihasi atroflicha o'rganib chiqildi.
Muhokama yakunida ushbu qonun loyihasiga kiritilayotgan o'zgarishlar profilaktika inspektorlariga hamda halqqa yengillik olib kelishiga ishonch bildirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech