13 Aprel 2021 yil 652

Talabalar ichki ishlar organlarida amaliyot o'tashmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi psixologik ta'minlash bo'linmasi mutaxassis psixologlari tomonidan 2021 yil 13 aprel kuni, viloyat IIB Probasiya bo'limi hamda Termiz Davlat universiteti hamkorligida rejaga muvofiq, Termiz Davlat universiteti amaliy psixologiya ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabalari viloyat IIB Probasiya bo'limining hududiy bulinmalarida amaliyot o'tash uchun jalb qilindi.
Ichki ishlar sohasida shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash maqsadida, amaliyotga jalb qilingan talabalarga ish o'rganish amaliyotidagi faoliyat sirlari bo'yicha viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi psixologik ta'minlash bo'linmasi xodimlari va Probasiya bo'limi psixologi tomonidan talabalarga ish o'rganish amaliyoti davrida uchrashi mumkin bo'lgan har xil ziddiyatli holatlar, mahkumlar bilan suhbat o'tkazish jarayonlarida uchrashi mumkin bo'lgan muzokarali vaziyatlar, mahkumlar bilan talabalar o'rtasida bo'lishi mumkin bo'lgan psixologik to'siqlar hamda ushbu muammolarni bartaraf etish yo'llari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shundan so'ng, ichki ishlar organlari tizimiga oid talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech