3 Avgust 2021 yil 358

Targ'ibot tadbirida hamkorlik masalasi Ko'rildi

Viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan, xavfsiz turizm hamda yo'l-harakati qoidalari yo'nalishlari bo'yicha, 2021 yilning 31 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati qo'riqlash boshqarmasi Termiz shahar qo'riqlash bo'limi xodimlariga viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi yo'l harakati xavfsizlik guruhi va jamoat tartibini saqlash guruhi mas'ul xodimlari tomonidan targ'ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
O'zbekiston Respublikasining amaldagi yo'l harakati qoidalari bo'yicha bir qator islohotlar amalga oshirib kelinayotganligi, shunga qaramasdan ayrim fuqarolar tomonidan hanuzgacha yo'l harakati qoidalariga rioya etilmaslik oqibatida yo'l transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo'layotganligi, bunday holatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan sodir etilishining oldini olish maqsadida, ayanchli yo'l transport hodisalari misol tariqasida keltirib o'tilib, xodimlar tomonidan o'zlarining boshqaruvida bo'lgan avtotransport vositalarini boshqarishda ehtiyot choralarini ko'rishlari, yo'l harakati qoidalariga qa'tiy rioya etishlari, spirtli ichimliklar iste'mol qilib avtotransport vositalarini boshqarmasliklari, avtotransport vositalarini belgilanmagan joylarga va qarovsiz qoldirib ketmasliklari, me'yoriy hujjatlarni to'liq o'zlari bilan olib yurishlari ta'kidlandi.
Shuningdek, viloyatimizga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy fuqarolarni o'z ehtiyojlariga ko'ra valyutalarni o'zbek pullariga almashtirishlari bo'yicha, qo'riqlash xizmati tomonidan qo'riqlanayotgan banklarda, valyuta ayirboshlash shahobchalari orqali almashtirilishiga ko'maklashish va zaruriy yordam ko'ratish, viloyat IIBda tashkil etilgan "TOURIST POLICE" xizmati va uning afzalliklari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.
Xorijiy fuqarolar bilan bog'liq masalalar yuzasidan qo'riqlash xizmati xodimlari viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda xizmat o'tashni tashkil qilgan holda faoliyat olib borilishi bo'yicha tegishli tushunchalar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech