11 Avgust 2022 yil 356

Termiz shahridagi “Alpomish” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

 

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan 2022 yilning 3 avgust kuni tasdiqlangan reja-jadvalga asosan viloyatning barcha mahallalari hududlarida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan qilinayotgan murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish va ijobiy hal etish choralari ko‘rib kelinayapdi.

Huddi shunday murojaatlarni o‘rganish maqsadida, Termiz shahar 4-sektor hududida joylashgan “Alpomish” mahallasida viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Tursunov Ikromjon Normurodovich rahbarligida sayyor qabul o‘tkazildi.

“Alpomish” mahallasi hududida, 1834 ta xonadonlar mavjud bo‘lib, ushbu xonadonlar 2060 ta oilani o‘z ichiga qamrab olib, 6334 nafar fuqaro istiqomat qiladi.

Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning 53 nafari “Ayollar daftari”da, 10 nafari “Yoshlar daftari”da va 4 nafari “Temir daftar” ro‘yxatiga olingan bo‘lib, ularning turmush va ijtimoiy ahvolini yaxshilash, foydali mehnatga jalb qilish, ish bilan ta’minlash, sog‘liklarini tiklash va boshqa turli masalalarini ijobiy hal qilish orqali ushbu ro‘yxatdan chiqarish  choralari ko‘rilmoqda.

O‘tkazilgan Sayyor qabul davomida, fuqarolar tomonidan turli masalalarda jami 18 ta murojaatlar qabul qilinib, ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. O‘rganish davomida, tegishli tashkilot va idora vakillari murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul etib belgilandi va ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech