24 Sentyabr 2022 yil 164

Termiz tuman ichki ishlar bo‘limida "kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining "Kasbiy tayyorgarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida"gi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz tumani IIB binosida yig‘in signali berilib xodimlarning tashvish qoplari  tekshirildi,

Shuningdek, xodimlarning jismoniy va jangovar sifatlarini oshirish maqsadida, PM va AKM qurollarini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, to‘singa tortinish, saf mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB va uning quyi tizimlarida “Kasbiy tayyorgarlik oyiligi” doirasida ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini yanada oshirishga qaratilgan turli mashug‘ulotlar o‘tkazilishi davom etmoqda.

Text to speech