10 Avgust 2022 yil 248

Termiz tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan mahkumlarning muammolari o‘rganilib, profilaktik tushuntirishlar olib borildi

Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limi hisobida turgan mahkumlar tomonidan takroriy jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida, joylarda uchrashuvlar, sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Huddi shunday tadbirlardan biri 2022 yil 09 avgust kuni Termiz tumanida ham tashkil etildi.

Termiz tuman IIB Probatsiya hisobida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan Termiz tuman IIB boshlig‘ining Jamoat xavsizligini xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor J.Xo‘jaqulov ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda, Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘ining topshirig‘iga asosan Probatsiya nazorati ostida jazo muddatini o‘tayotgan maxkumlarni Sud tomonidan qo‘yilgan majburiyatlarini to‘liq bajarish, jazoni o‘tash tartib va qoidalarini buzmaslik, mahkumlarga yuklatilgan majburiyatlarini bajarish, Termiz tumani IIBning ruxsatisiz viloyat xududidan chiqib ketmaslik har qanday holatlarda ya’ni sog‘ligi yoki kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda bo‘lsa ham IIBni “Ruxsatnoma”siz chiqib ketishligining oldini olish, ish vaqtida sababsiz ravishda bo‘lmaslik, qayta jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik, g‘ayri-ijtimoiy hatti-harakatlar sodir qilmaslik Jinoiy ishlar bo‘yicha tayinlangan jazolarni og‘ishmay bajarishi yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Sayyor qabulda Termiz tuman IIB Probatsiya hisobida jazo muddatini o‘tayotgan 24 nafar mahkumlarning 6 nafarining muommalari borligi aniqlanib, 2 nafari ishga joylashtirilib, 1 nafariga moddiy yordam olishda ko‘maklashildi, 3 nafariga xuquqiy ijtimoiy masalalarda tushanchalar berildi. 

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech