27 Noyabr 2022 yil 210

Termiz tumani IIBda Sayyor sud bo‘lib o‘tdi

Termiz tumani IIBda Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida Termiz tuman IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Nazorati ostida jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkumlar bilan Sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Unda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va jazo o‘tashning tartib qoidalariga rioya qilib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, sudlar tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq rioya qilgan hamda o‘zining xulqini ijobiy tomonga o‘zgartirgan 6 nafar nazoratdagi shaxslar muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Sayyor sud majlisi davomida, jazo o‘tash tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzib kelayotgan 1 nafar mahkumning o‘talmagan jazo muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.  

Shuningdek, nazorat ostida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning bandligini taminlash maqsadida “Ishga marhamat” shiori ostida mehnat yarmarkasi tashkil etilib, unda 4 nafar mahkumlar ishga joylashtirildi.

Text to speech