3 Oktyabr 2022 yil 234

Termiz tumanida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarolarning murojaati va muammolarini o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 10 mart kunidagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash borasida, aholining murojaatlarini o‘rganish hamda qonuniy hal etish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.X.Ketmonov tomonidan, Termiz tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha fuqarolar qabul qilindi.

Qabul davomida, Termiz tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvidagi 11 ta jinoyat ishlari bo‘yicha 11 nafar ayblanuvchilar va 5 nafar jarblanuvchilar jami 16 nafar shaxslar bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida ayblanuvchilar va jabrlanuvchilarning jinoyat ishi yuzasidan taklif va e’tirozlari borligi so‘ralib, jinoyat ishi bo‘yicha ular bilan bog‘liq muammolari bartaraf qilindi.

Text to speech