11 Avgust 2022 yil 298

Qumqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari “Vatanparvarlik oyligi” davomida safda yurish hamda quroldan foydalanish ko‘nikmalarini oshirishdi

Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida Ichki ishlar organlari tizimida joriy yilning 1 avgust kunidan 1 sentabr kuniga qadar “Vatanparvarlik oyligi” deb e’lon qilingan.

Shu munosabat bilan Qumqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari "Vatanparvarlik oyligi" doirasida tuman IIB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘ronbosari X.Pardaev boshchiligida, Jarqo‘rg‘on tumani Kakaydi qo‘rg‘onida joylashgan 54831-harbiy qism ofitser harbiy xizmatchilari ishtirokida saf ko‘rigi, saf tayyorgarligi hamda 9 mmli PM, 5.45 mmli AKM qurollarini to‘liqsiz qimslarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha bir kunlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, ichki ishlar organlari xodimlarining quroldan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Text to speech