16 Yanvar 2021 yil 500

Yangi binoda zamonaviy qulayliklar

Surxondaryo viloyati IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining qayta ta'mirlangan binosi foydalanishga topshirildi.
Barcha zamonaviy qulayliklarga ega binoning ochilish marosimida viloyat IIB boshlig'i A.Ismoilov, viloyat prokurori S.Turdiev va mehnat faxriylari ishtirok etishdi.
Mazkur bino 1970 yilda qurilgan bo'lib, har xil sohalarda foydalanib kelingan. 2005 yilda esa viloyat IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga foydalanish uchun topshirilgan bo'lib, hozirgi kunda ta'mirtalab ahvolga tushib qolganligi, zamon talablariga mos kelmaganligi, fuqarolarga qulay sharoitlar yaratilmaganligi inobatga olinib, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan 1 mlyard 800 million so'm pul ajratilib, "Termiz Jafar Fayz baraka" xususiy firmasi tomonidan 2020 yil mart oyida kapital ta'mirlash ishlari boshlangandi. 2021 yil yanvar oyida to'liq ta'mirdan chiqarildi.
Hozirgi kunda boshqarmada 24 nafar shaxsiy tarkib faoliyat yuritib, mazkur binoda xodimlar va fuqarolar uchun barcha sharoitlar qilingan hamda fuqarolarga shaffof xizmat ko'rsatishda qulaylik yaratilgan.
Shuningdek, binoda bolalar xonasi, bank shaxobchasi tashkil etildi va fuqarolarga xizmat ko'rsatish uchun Davlat unitar korxonasi xodimlari faoliyati yo'lga qo'yildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech