30 Sentyabr 2022 yil 38

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha “Payshanba” profilaktika kuni munosabati bilan Boysun tumani “Obi” mahallasida joylashgan 1-sonli o‘rta ta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘tkazilgan uchrashuvda, Surxondaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.B.Djalilov hamda mahalla profilaktika katta inspektori katta leytenant B.A.Sattarov tomonidan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jitnoyatchilikning oldini olish yuzasidan tushintirish ishlari olib borildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech