4 Oktyabr 2022 yil 31

"Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish" maqsadida tashkil etilgan musobaqa g‘oliblari taqdirlandi

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash yuzasidan Sherobod tuman 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab ma’muriyati va Sherobod tuman Ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi inspektor-psixologi A.Nodirovlar hamkorligida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida "Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish" maqsadida sportning shaxmat-shashka turlaridan maktab birinchiligi o‘tkazilgan edi. 50 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirokida o‘tgan mazkur musobaqalarning kuni kecha g‘oliblari aniqlandi va ular tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Natijalar ko‘ra:

Qiz bolalar o‘rtasida Shaxmat sport turi bo‘yicha: 

1 o‘rin - 8-sinf o‘quvchisi Tursunboeva Madina Turg‘un qizi .

2 o‘rin - 8-sinf o‘quvchisi Usmonova Robiya Rustam qizi.

3 o‘rin - 9-sinf Azizova Shalola Sharofiddin qizi.

 

O‘g‘il bolalar o‘rtasida Shaxmat sport turi bo‘yicha:

Mutloq g‘olib 1-sinf o‘quvchisi Tohirov Akbar Ulug‘bek o‘g‘li.

1 o‘rin - 9-sinf o‘quvchisi Tohirov Abdug‘ofur Murod o‘g‘li.

2 o‘rin - 8-sinf o‘quvchisi Hamzaev Xurshid Umid o‘g‘li.

3 o‘rin - 8-sinf o‘quvchisi Nasrullaev Jasur .

 

Qizlar o‘rtasida Shashka sport turi bo‘yicha:

1 o‘rin - 9-sinf o‘quvchisi Shaydullaeva Ruhsora Lutfilla o‘g‘li.

2 o‘rin - 9-sinf o‘quvchisi Abdushukurova Mehribon Nurmuhammad qizi.

3 o‘rin - 9-sinf o‘quvchisi Xayrullaeva Ruhshona Zokir qizi.

 

O‘g‘il bolalar o‘rtasida Shashka sport turi bo‘yicha:

1 o‘rin - 11-sinf o‘quvchisi Payg‘amov Ravshanbek Mahmud o‘g‘li.

2 o‘rin - 10-sinf o‘quvchisi Xudoyberdiev Umid Ro‘zimurod o‘g‘li.

3 o‘rin - 8-sinf o‘quvchisi Mamatov Ahmatmirzo Sa’dulla o‘g‘li.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech